AQŞ Minnesota universiteti olimlari keksa odamlarda miya salomatligini mustahkamlaşning eng samarali strategiyalarini körib çiqdi. Tadqiqot The Lancet Healthy Longevity jurnalida çop etildi.
Olimlar 2002 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarigaça PubMed ma’lumotlar bazasida çop etilgan ilmiy maqolalarni körib çiqdilar. Ular turli omillar, jumladan, gipertoniya, çekiş, harakatsiz turmuş tarzi va yetarliça uyqusizlik tufayli stressning töplanişi vaqt ötişi bilan miyaga zarar yetkazişini aniqladi. Uşbu stress kompensatsion tiklaniş mexanizmlarini bostiradi, bu esa miyaning tiklanmas şikastlanişiga olib keladi.
Köpgina tadqiqotlar şuni körsatdiki, yetarli kognitiv zaxira — miyaning insult, jarohatlar, surunkali kasalliklar yoki yoşga boğliq özgarişlar oqibatlarini bartaraf qiliş qobiliyati miya qarişini sekinlaştirişi mumkin. Ta’lim va soğlom turmuş tarzi kognitiv zaxirani töplaşga yordam beradi.
Miya bilan boğliq kasalliklarni davolaş usullari çeklangan. Şu sababli, kasallikning oldini oliş eng samarali vosita bölib körinmoqda. Keksa odamlar soni tez sur’atlar bilan oşib borişi bilan butun dunyoda nevrologik kasalliklar yuki ham ortib bormoqda. Olimlar fikriga köra, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş dasturlari zudlik bilan zarur.
Soğlom odatlarga misol sifatida tadqiqotçilar Amerika kardiologiya assotsiatsiyasining (AMA) Life's Simple Eight konsepsiyasini misol qilib keltirişadi: yetarli uyqu, soğlom ovqatlaniş, jismoniy faollik, çekişni taşlaş, soğlom vaznni saqlaş, qonda lipid va şakarning me’yordagi darajasini va qon bosimini me’yorida saqlaş.













