Prezident farmoniga muvofiq tajriba-sinov loyihasi sifatida tizimni taşkil etişning yangi modeli 2025 yil 1 iyuldan boşlab – muayyan tuman (şahar)larda, 2026 yil 1 yanvardan boşlab esa – Samarqand viloyatining barça tuman (şahar)larida joriy etiladi.

Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) tibbiy birlaşmalari bazasida tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari taşkil etiladi.

Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimida oilaviy poliklinikalar, oilaviy şifokor punktlari, şu jumladan ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar va mahalla tibbiy punktlari ularga biriktirilgan aholi sonidan kelib çiqib, yuridik şaxs maqomiga ega oilaviy poliklinikalar va ularning filiallariga aylantiriladi.

Oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam körsatuvçi oilaviy şifokor, pediatr, akuşer-ginekolog va diagnostika mutaxassislarining xizmatlari, şuningdek stomatologik xizmatlar – autsorsing asosida körsatiladi, oilaviy poliklinikalar zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi.

Bunda aholiga oilaviy şifokorni erkin tanlaş huquqi beriladi.

Şuningdek, yangi qoidalarga köra tibbiyot brigadasi va unga biriktirilgan aholi örtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan kelişuv tuziladi. Har bir tibbiyot brigadasiga 3 ming kişi biriktiriladi, lekin zarurat bölganda belgilangan me’yordan oşirişga yöl qöyiladi.

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat töliq stavkada faoliyat yuritadi. Barça tibbiyot brigadalari xodimlari tört bosqiçli maxsus oilaviy soğliq dasturi böyiça öqitiladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini körsatiş va uni taşkil etiş tartibi, tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimi, tuman (şahar) markaziy şifoxonasi töğrisidagi nizomlar;
aholini tibbiyot brigadalariga biriktiriş va tibbiyot, farmatsevtika hamda rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholaş tartiblarini;
davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing şartlarida stomatologik xizmatlar körsatiş tartibi töğrisidagi nizom.