Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi öz laboratoriyasida amaliyotda boşqa işlab çiqaruvçilarning telefonidan farq qiluvçi Galaxy Note 7 uçun batareyalarni sinovdan ötkazdi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar qilgan.
Barça smartfon işlab çiqaruvçilari AQŞda savdoni boşlaşdan avval akkumulyatorlarni Uyali telekommunikatsiya assotsiatsiyasi sanoati (CTIA) tomonidan sertifikatlangan 28 laboratoriyaning birida sinovdan ötkazişi zarur. Samsung öziga tegişli laboratoriyada CTIA sertifikatsiyasini oliş uçun sinovdan ötayotdan yagona kompaniya sanaladi.
Samsung rasmiy vakili qayd etişiça, içki tekşiruvlar smartfonning dastlabki versiyasida ham, yangilangan talqinida ham Galaxy Note 7 batareyasi bilan boğliq heç qanday muammolarni aniqlamadi.
Duşanba kuni ma'lum bölişiça, Janubiy Koreya hukumati Galaxy Note 7 smartfonlarining ommaviy nuqsonlari paydo böliş sababi yuzasidan tekşiruv boşladi. Koreya sinov laboratoriyasi (KTL) kompyuter texnologiyalari va rentgen nurlari ostida ötuvçi batafsil tekşiruvni ötkazişga qaror qilgan.
Samsung Galaxy Note 7 avgust boşida namoyiş qilgan va Android böyiça eng yaxşi smartfonga aylangan edi.
Biroq sentabr boşida kompaniya smartfonning yoniş holati kuzatilgani uçun sotuvni töxtatişga va dunyo böylab sotilgan 2,5 mln qurilmani qaytarib olişga majbur böldi.

















