Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barak Obamaning akasi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda
AQSh prezidenti Barak Obamaning o‘gay akasi Malik Obama 19 oktabrda Las-Vegasga kelishni rejalashtirayapti. U, AQSh prezidentligi uchun so‘nggi telemunozaralarda respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni qo‘llash niyatida, deb yozmoqda New York Post.
Malik Obama Keniyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, ko‘p yillar AQShda yashagan va mamlakat fuqarosi hisoblanadi. Malikning aytishicha, telebahslarda respublikachilar nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. U Tramp atrofidagi so‘zlarga ishonmasligini ta'kidlagan.
Respublikachilar nomzodi Donald Tramp ham amaldagi prezident qarindoshining o‘ziga nisbatan diqqatini e'tiborsiz qoldirmagan.
«Malik bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayapman. U ukasiga qaraganda qaysi tomon kuchli ekanini yaxshi biladi», — degan Tramp.
Bundan tashqari, Malik Obama Trampning siyosiy raqibi Hillari Klintonni davlat kotibi bo‘lib ishlagan vaqtlardagi faoliyati uchun tanqid qilgan.
Ayni chog‘da demokrat prezident Barak Obama Klinton xonimni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026