Filippin prezidenti Rodrigo Duterte özining jinoyatçilikka nisbatan qattiqqöligini bolaligida katolik ruhoniy-baççavoz tomonidan tegajoqliklarga uçragani bilan tuşuntirdi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda. 

"Ba'zida butun keyingi umringizga ta'sir qiladigan voqealar böladi", deb aytdi Duterte.

Duterte giyohvandfuruşlarga qarşi murosasiz munosabatini ular köpçilik yoşlarni majruh qilişlari bilan tuşuntirdi. "Sizlar mening davlatimni barbod qilmoqdasiz, men sizlarni öldiraman – bu qonuniy. Agar siz bizning bolalarni yöq qilsangiz – men sizni öldiraman. Bu töğri yöl", deb qöşimça qildi Duterte.  

Duterte birinçi marta jinsiy tegajoqliklarga uçraganini 2015 yil dekabrda ma'lum qilgan. Öşanda u ruhoniy unga bola bölganda tegajoqlik qilişga uringanini gapirib bergan. 

Duterte may oyida prezident etib saylandi. Uning asosiy saylovoldi va'dasi giyohvandfuruşlarga qarşi qattiqqöl siyosat yurgaziş bölgan. U, jumladan giyohvandfuruşlarni öldirib, ularni Manila körfaziga taşlaşini aytgan. U saylovlarda yutgandan keyin giyohvandfuruşlarni öldirganlik uçun medallar berişga va'da bergan va taqiqlangan moddalarni tarqatganlik va boşqa oğir jinoyatlar uçun ölim jazosini qaytariş niyatidaligini aytgan. 

Jamoatçilik fikrini örganiş davomida Dutertening jinoyatçilikka qarşi siyosatini Filippinning 76 foiz aholisi qöllab-quvvatlaşi ma'lum bölgan.

Dutertening bunday qattiqqöl usullari huquq himoyaçilari, xalqaro taşkilotlar va katolik çerkov tomonidan keskin tanqid qilib kelinmoqda.