Amerikalik biologlar muzlatgiçda saqlangan pomidorlar nima uçun ta'mini yöqotişi sababini aniqladilar. Bunga bağişlangan tadqiqot PNAS jurnalida çop etildi.

Florida universiteti professori Garri Kli boşçiligidagi olimlar guruhi 25 mingdan köproq pomidor genining sovuq şaroitdagi holatini örgandilar. Sovitiş  pomidor uçun jiddiy stress bölib, u undagi yuzlab genlarning faoliyatiga putur yetkazadi, ulardan ba'zilari uçuvçan kimyoviy birikmalarning sintezi uçun javobgar hisoblanadi. Bu birikmalar pomidorning ta'mi va hidini töyingarroq qiladi. Köplab enzimlar pomidor muzlatgiçdan xona haroratidagi şaroitga olinganda ham tiklanmaydi.

Keyingi tahlil sovitiş DNK metillaşişi mexanizmida özgarişlarga olib kelişini körsatdi. Metillaşiş genlarni uzoq vaqtga "öçiriş" yoki "yoqiş"ga imkon berişi sababli sovitişda hosil bölgan buzilişlar pomidorning ta'm va hid sifatlariga uzoq muddatli effekt körsatişi mumkin.