Qozoğistonga yuborilgan va «xavfli virus» sababli Özbekistonga qaytarilgani aytilgan 4 tonna pomidor bilan boğliq vaziyat örganib çiqiladi. Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi holatga aniqlik kiritiş maqsadida Qozoğistonga sörov yuborganini ma’lum qildi.
Qayd qilinişiça, yuz bergan holatga oydinlik kiritiş maqsadida tezkor suriştiruv ötkazilgan. Unda mahsulot Toşkent viloyatining Qibray tumanida yetiştirilgani aniqlangan, uni Qozoğistonga yetkazgan tadbirkor Özbekistonga qaytarilmaganini ma’lum qilgan.
Qişloq xöjaligi vazirligining ta’kidlaşiça, meva-sabzavotlarni eksportga yönaltirişdan avval içki fitosanitar sertifikat rasmiylaştiriladi. Pomidor eksportida asosiy talablardan biri mahsulotning zararli organizmlardan, jumladan «pomidorning jigarrang bujmayişi virusi»dan holi ekanligi hisoblanadi.
Xabarga köra, Qozoğistonga jönatilgan pomidordan ham namuna olingan va tegişli tartibga asosan laboratoriyada PZR usulida ekspertiza ötkazilgan. Ekspertiza natijalariga köra, pomidorda «jigarrang bujmayiş virusi» aniqlanmagan.
Şu sababli, qozoğistonlik hamkasblarga laboratoriya ekspertizasini ötkaziş metodologiyasi, ötkazilgan tahlillarning praymerlari, video va fotosuratlari taqdim etilişi yuzasidan sörovnoma jönatilgan.
Şuningdek, tekşiruv davomida yuklangan mahsulot bir dalada yetiştirilmagani va turli dehqon xöjaliklaridan yiğib olingani ma’lum bölgan. Vaziyatni joyida örganiş maqsadida işçi guruh şakllantirib, Toşkent viloyatining Qibray tumaniga jönatilgan.
Qişloq xöjaligi vazirligining ta’kidlaşiça, «pomidorning jigarrang bujmayiş virusi» (Tomato brown rugose fruit virus – ToBRFV) inson organizmi uçun xavfsiz bölib, zararlangan pomidorni iste’mol qilganda ham inson organizmiga salbiy ta’sir qilmaydi.

















