Ispaniya konstitutsiyaviy sudi 20 oktabr kuni Kataloniya hukumati uşbu muxtor hududda korridalar ötkazişni taqiqlaşga heç qanday haqqi yöqligini rasmiy ma'lum qildi. Uning ma'lum qilişiça, Kataloniya hukumati uşbu öyinlarni tartibga solişi mumkin xolos. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
Sudning fikriça, uşbu huquq muxtor jamoatçilik zimmasiga kirmaydi, bu bilan markaziy hukumat şuğullanişi lozim.
Şunga muvofiq, konstitutsiyaviy sud 2010 yilning 28 iyul kuni Kataloniya parlamenti tomonidan qabul qilingan muxtoriyat hududida korridalar ötkazişni taqiqlaş borasidagi qonunni bekor qildi. Uşbu qonun 2012 yilning 1 yanvaridan kuçga kirgan edi. 2012 yilning 28 oktabr kuni Ispaniyadagi hukmron Xalq partiyasi mazkur qonun yuzasidan mamlakat konstitutsiyaviy sudiga da'vo kiritgan edi. Partiyaning fikriça, mazkur qonun “Konstitutsiyaning beşta moddasi buzilişiga” sabab böladi.
Sakkiz nafar sudya yoqlab çiqqan (uç nafari qarşi çiqqan) mazkur sud jarayonida Kataloniya hukumati korridalarni tamomila bekor qiliş emas, aksinça, uni ötkazişni tartibga soliş vakolatiga ega ekanligi aytildi.












