Vladimir Putinning bayonot berişiça, Rossiya Suriyaning Halab şahriga havo zarbalari berişda e'lon qilgan tanaffusni uzaytiradi. Ğarb mamlakatlari uşbu şaharni bombardimon qiliş amaliyotini harbiy jinoyatlar, deb baholagan edi.
Rossiya rahbari Berlinda Fransiya va Germaniya yetakçilari bilan Ukraina va Suriyadagi inqirozni muhokama qilgani haqida avval xabar qilingan edi.
Rasmiy Moskva Berlin uçraşuvidan avval Halabda sakkiz soatlik gumanitar tanaffus e'lon qilgan edi.
Rossiya "...havo zarbalari berişdagi tanaffusni uzaytirişga tayyor", - degan Putin muzokaralardan söng jurnalistlar bilan ötkazgan brifingida.
Öz navbatida, Fransiya yetakçisi Fransua Olland Putin va Merkel bilan ötkazgan muloqotidan söng, Halabda bomba va raketalar şifoxonalar hamda tinç aholi vakillari ustiga tuşayotgani "harbiy jinoyatlar"ga yaqinligini ta'kidlab, buning javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi. Uning aytişiça, Halab aholisi çidab bölmas şaroitlarda qolmoqda.

















