Prezidentlik boşqaruviga ötişga asos yaratadigan Turkiya yangi Konstitutsiyasiga bağişlangan referendum kelasi yilning aprel oyida ötkazilişi mumkin. Bu haqda hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi raisining örinbosari Xayati Yaziji bayonot berdi. Uning sözlariga qaraganda taklif qilinayotgan konstitutsiya loyihasida prezidentlik tuzumiga bağişlangan 12-15 ta punkt mavjud. Bu masalani parlament yanvar oyida muhokama qiladi. Deputatlar tomonidan ma'qullanmaydigan bölsa, u holda aprel oyida referendum bölib ötişi mumkin.
Turkiya boş vaziri, Adolat va Taraqqiyot partiyasi raisi Binali Yildirim ötgan haftada bergan bayonotida öz partiyasi parlamentga yangi konstitutsiya loyihasini taqdim qilganini aytgan edi. Uning fikriça, parlament konstitutsiya loyihasini mutloq köp ovoz bilan (367 ovoz) qabul qilişi yoki 330 nafardan kam deputat qöllab quvvatlasa, u holda referendumga qöyişi mumkin. Bundan avval adliya vaziri Bekir Bozdag ham yangi konstiutsiyaga bağişlangan referendum 2017 yil davomida, ammo Adolat va Taraqqiyot hamda Milliy Harakat partiyalari özaro kelişuvga erişgudek bölsa, u holda yil boşida ötkazilişi mumkinligini aytgan edi.
Parlamentning Konstitutsiyaviy qonunçilik komissiyasi rahbari Mustafa Şentop referendum kelasi yilning bahor oylarda ötişini aytdi. Adolat va Taraqqiyot partiyasi 550 örinli parlamentda 317ta mandatga ega. Yangi konstitutsiyani qabul qiliş uçun absolyut köp ovoz yoki 367 ta ovoz kerak böladi. Referendumga çiqariş uçun esa kamida 330 nafar deputat qöllab-quvvatlaşi kerak. Milliy Harakat partiyasi rahbari Devlet Baxçeli loyihani qöllab-quvvatlaşini aytganidan keyin qonun loyihasi ustidagi işlar qizğin tus oldi. Tahlilçilarning fikriça, yangi konstitutsiya loyihasida Turkiyaning unitar davlat sifatida saqlanib qolinişi közda tutilgan.
Mustafa Şentopning aytişiça, amaldagi parlament tizimi özining samarasiz ekanini körsatgan. Bu şu yilning 15 iyulida bir guruh harbiylar boş kötarganida yaqqol közga taşlandi. Parlament tizimida ijroiya hokimiyat ikkiga bölinib qoladi. Prezidentlik tizimida yasa boşqaruv bir qölda jamlanadi. Şentopning sözlariga qaraganda, yangi konstitutsiyada Turkiyada boşqaruv tizimi AQŞnikiga öxşab ketadi, ammo biroz farqlari ham bor. Yangi konstitutsiya loyihasiga köra, davlat rahbari beş yil muddatga saylanadi. U ikkinçi muddatga ham öz nomzodini körsatişi mumkin. Şu bilan birga prezident saylovi parlament saylovlari bilan bir vaqtda ötkaziladi. Ayni damda Turkiyada parlament saylovlari har tört yilda ötkaziladi. Sönggi bor saylovlar ötgan yilning noyabrida bölib ötgan edi.
Yangi Konstitutsiya loyihasiga köra, prezident nafaqat davlat rahbari böladi, şuningdek vazirlarni özi tayinlaydi. Endilikda vazirlar hozirgidek parlemant deputatlari bölişlari şart bölmaydi.











