AQŞ Davlat departamenti Filippin prezidentining munosabatlarni uziş töğrisidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Unga köra, Dutertening bayonoti ikki tomonlama aloqalar nuqtai-nazaridan baholaganda izohtalabdir, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. Bu haqda, Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bayonot bergan.

«Biz bu ritorikani eşitdik. U bizning Filippin bilan mavjud aloqalarimiz, hukumatning turli darajalarda nafaqat xavfsizlik jihatidan olib borayotgan hamkorligimizga ziddir. Şu bois, Filippin davlat rahbarining AQŞdan ajralişi xususida bergan bayonoti yuzasidan izohlarni söramoqçimiz. Biz bu nimani anglatişini tuşunmayapmiz», — degan Kirbi. 

Avvalroq, AQŞ Filippin hukumatidan ikki tomonlama aloqalarni uziş niyati xususida rasmiy ogohlantiriş olmaganini bildirgan edi. 

Eslatib ötamiz, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoyga taşrifi çoğida uning mamlakati AQŞ bilan «xayrlaşadigan vaqt» kelganini qayd etgan edi. 

Duterte rasmiy Manilaning Ğarb körsatmasiga monand taşqi siyosiy yönalişidan «böğzigaça töygani» bois, uni özgartiriş niyatida ekanini ta'kidladi. U şuningdek, AQŞga boşqa bormasligini, çunki «u yerda faqat haqoratlanişi»ni bilişini aytgan. Şundan söng, sökonğiç Duterte Obamani yana bir bor siylab «fohişaning öğli» deb atagandi.