AQŞning CNN telekanali Respublikaçilar partiyasidan kongressmen Kris Kollinz bilan jonli efirda olib borgan muloqotini kutilmaganda uzib qöydi. Bunga, Kollinzning AQŞ prezidentligi uçun demokratlar nomzodi Hillari Klintonni yolğonçi deb atagani sabab böldi, deya xabar qilgan Heavy naşri.
Nyu York ştatidan kongressmen Kollinz jonli efirda CNN boşlovçisi Kris Kuomoning savollariga javob berayotgan edi. U, Klintonni yolğonçilik va ikkiyuzlamaçilikda ayblab, WikiLeaks sayti hamda Klinton ştabi rahbari Jon Podestaning maktublarini yodga olişi bilan kutilmaganda telekanal u bilan aloqani yöqotgan.
«Voy yöq! Köramiz, biz kongressmen Kollinzni efirga qaytara olamizmi? Biz u bilan aloqani yöqotdik, bu yaxşi emas», — degan boşlovçi u bilan aloqa yöqolgaç.
Reddit ijtimoiy tarmoğining yangiliklar sayti foydalanuvçilari CNN buni qasddan amalga oşirgani xususida fikrlar bildirgan. Ular şuningdek, telekanalni va AQŞning boşqa yetakçi OAVni bir yoqlamalikda va faqat demokratlar hamda Klinton fikrlarini tarğib qilişda ayblaşgan.












