Estoniyaning Velonia kompaniyasi yangi Viks velosipedini yaratdi, uning dizayni Lamborghini superkarlari obrazlaridan ilhomlanib işlangan. Luxurylaunches’ning xabar qilişiça, konstruktorlarning bunday transport vositasini yaratişlari uçun taxminan 3 yil vaqt sarflandi. Har bir velosiped qölda yiğiladi. 
  
Velosipedning qimmatbaho ramasi alyuminiy qotişmasidan tayyorlangan va sariq “giallo midas” rangiga böyalgan. Viks modelining yaqin orada sotuvga çiqişi kutilmoqda. Velosipedning narxi hozirça noma'lum. 

Foto: Velonia

2016 yilning iyun oyida La Strana Officina firmasi Cellini Uomo lyuks velosipedini yaratgandi. Uni işlab çiqarişda 999 sinovli oltin qöllangan. Rulning bir qismi va pedallar qimmatbaho metall qatlami bilan qoplangan. Rulning çap qismiga esa ilon terisiga monand işlov berilgan edi.