Farğona viloyatida yangi sement zavodi iş boşladi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

"Farğona viloyati Özbekiston tumanidagi Şörsuv şaharçasi hududida foydali qazilma konlari mavjud. Bu zamindagi ohak, gips toşlar, temir tarkibli ohra tuproqlar tabiatning noyob boyliklaridir. Uşbu tabiiy imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan şörsuvlik tadbirkorlar yangi işlab çiqariş sub'yektlari taşkil etmoqda", deyilgan xabarda. 

Tumandagi “Turon eco cement” mas'uliyati çeklangan jamiyati qoşida yangi sement işlab çiqariş zavodi iş boşladi. Xitoylik mutaxassislar hamkorligida qurib bitkazilgan zavodda kuniga 350 tonna sifatli quriliş mahsuloti tayyorlanadi. Eng muhimi, mahsulot uçun zarur xomaşyoning 98 foizi korxona tasarrufidagi konlardan olinadi. 

Korxona rahbari Qodirjon Ahmedovning aytişiça, bu yerda yaratilgan yuzdan ortiq iş örniga asosan kasb-hunar kolleji bitiruvçilari jalb etilgan.