Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Rossiyaga halollik va muloqotga asoslangan yangiça yondaşuv taqdim qiladi. U bu haqda 20 oktabrda Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitiga kelgandan keyin aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Mogerinining aytişiça, Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qöyilgan sanksiyalar 20-21 oktabrda Belgiya poytaxtida bölib ötadigan Yevropa Ittifoqi yetakçilari uçraşuvida muhokama qilinadigan mavzu bölmaydi.   

"Bugun Yevropa Ittifoqi, birinçi navbatda, zudlik bilan Halabga gumanitar yordam yetkaziş, odamlarning hayotini qutqariş ustida işlamoqda va diplomatik kanallar iloji boriça yaraşuvni uzoqroq davom ettiriş hamda ixtilofni hal qiliş yöllarini qidiriş uçun siyosiy imkoniyatlarni yaratişga intilmoqda", deb aytdi Mogerini.

Ayni vaqtda Bloomberg uşbu uçraşuvning rezolyutsiya loyihasiga iqtibos keltirgan holda, hujjatda Suriyadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritilişi yodga olinganini ma'lum qildi.   

Şvetsiya boş vaziri Stefan Levenning aytişiça, Yevropa Ittifoqida Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritiş borasida yakdillik yöq.