Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi va Goldsmith's University universiteti hamkorlikda ötkazgan tadqiqot natijalariga köra, ayol haydovçilar erkaklarga qaraganda jahldor va qiziqqon bölişadi, deb yozmoqda Motor1.com sayti.

Ijtimoiy sörovda Buyuk Britaniyadagi mingga yaqin haydovçilar qatnaşgan. 

Ma'lum bölişiça, ayollar ovozli signallar, baqir-çaqir va avtomobilni boşqariş çoğidagi maslahatlarga ança agressiv javob qaytarişadi (14 foiz) va haydovçi buriliş çiroğini yoqmasdan boşqa yölakka ötişini birmunça qizişib (13 foiz)  qabul qilişadi. 

Olingan natijalar esa, erkaklar rulda ötirganda sezilarli qiziqqon bölişiga oid fikrlarni rad etadi. Olimlarning taxmin qilişiça, ayol haydovçilar ularga qadimdan meros bölgan himoya instinkti tufayli özlarini şunday tutişadi.