UYeFA prezidenti Aleksander Çeferin Yevropa Superligasini taşkil etiş ğoyasiga munosabatini bildirdi.
Bungaça Myunxenning «Bavariya» jamoasi boşqaruv kengaşi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Çempionlar ligasini takomillaştiriş böyiça taklif bildirgandi. Uning fikriça, YeÇLni Yevropa Superligasi bilan almaştiriş kerak. Bunday turnirda Italiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya vakillari bölgan 20ta jamoa iştirok etadi.
«Yevropa Superligasini tuziş ğoyasi uruşga olib keladigan ğoyadir. Biz katta jamoalar tomonida turamiz va ular ham UYeFA iştirokisiz bunday qaror qabul qilmaydi. Bundan taşqari, klublar agar ajralişsa, qanday muammolarga duç kelişlari mumkinligini yaxşi tuşunişadi. Agar bu oson iş bölganida edi, şunday turni allaqaçon paydo bölgan bölardi», — degan Çeferin.
Manba: Tribuna.uz












