AQŞda 19 yoşli yigit Lukas Leonardni öldirganlikda gumon qilinayotgan rohiba ayol va uning 3 nafar şerigi sud bilan hamkorlik qilişga qaror qilib, aybiga iqror bölişgan.  

Nyu York ştati Nyu Hartfort şahridagi protestanlik mazhabi elliginçi yönalişi Word of Life çerkovi rohibasi Tiffani Irvin birinçi darajali hujum va ikkinçi darajali qasdsiz qotillik sodir etiş böyiça aybini tan olgan va 12 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan. Mahkama qaroriga binoan qolgan ikki ayblanuvçiga 5 yildan, yana biriga 8 yillik qamoq jazosi tayinlangan, deb tafsilotlar bilan örtoqlaşmoqda TWC News telekanali.

Umuman, 2015 yil 11 oktabrda sodir etilgan jinoyatda 9 nafar kişi ayblangan. Xususan, marhumning ota-onasi va ögay opasi ham şular jumlasidan. Bundan avvalroq, 5 nafar ayblanuvçi iqrornomani imzolaşgan edi. 

Tergov jarayonida aniqlanişiça, Lukas va uning 17 yoşli ukasi Kristoferni 10 soatdan köproq vaqt mobaynida çerkov binosida urişgan. Bu jarayonda iştirok etganlarning uqdirişiça, ular şu yöl bilan yoşlarning tavba qilişlariga erişmoqçi bölişgan. Natijada Lukas ölgan, Kristofer oğir jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan. 

Tergovçilarga köra, rohiba şaxsan yigitlarga tan jarohati yetkazmagan bölsa-da, voqealarni kuzatib turgan. 

Jinoiy işning yana beş nafariga noyabr va dekabr oylarida hukm öqilişi xabar qilinmoqda.