Argentina prokurorlari Xerardo Polisit va Ignasio Maykes mamlakat sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşnerga nisbatan yangi ayblovlarni e'lon qildi. Unga köra, sobiq prezident davlat şartnomalarini imzolaşda korrupsiyaga yöl qöygan, deb yozmoqda Clarín gazetasi.
Prokurorlar infratuzilma loyihalarini quriş böyiça 15ta şartnomani örganib çiqişgan. Ularning barçasi tadbirkor Lasaro Bayes kompaniyalariga taqdim etilgan. Polisit va Maykeslarning ta'kidlaşiça, bitimlarni imzolaşda köplab qoidabuzarliklarga yöl qöyilgan.
"Bu ötgan yillarda korrupsiya tizimi mavjud bölganini, u sobiq prezidentlar Kristina Fernandes de Kirşner va uning marhum turmuş örtoği Nestor Kirşnerning oilaviy dösti foydasiga xizmat qilganini körsatadi", - deyiladi prokurorlar murojaatida.

















