Amerika ma'muriyatining fikriça, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Qöşma Ştatlar bilan aloqalarga oid xavotirlarga sabab böluvçi köplab bayonotlar bermoqda. Oq uy matbuot kotibi Joşua Ernest Dutertening AQŞ bilan xayrlaşişga tayyorligi xususida bergan sözlarini izohlar ekan, şunday fikrni bildirgan.
"AQŞ bilan 70 yillik aloqalar boğlab turuvçi davlat rahbari böliş sizga ma'lum bir majburiyatlarni yuklaydi. Şu jumladan siz oşkora bayonotlar beriş oqibatini yaxşi tuşunişingiz kerak böladi. Biz sönggi bir neça oylar mobaynida prezident Dutertening taşviş uyğotuvçi sözlarini köp eşitayapmiz", - deb qayd etgan Amerika rahbari ma'muriyatining matbuot kotibi.
AQŞ hukumati nuqtai-nazariga köra, Dutertening bayonotlari Amerika-Filippin munosabatlarida "keraksiz noaniqlikni paydo qiladi".
Ammo, Duterte Amerikaga qarşi qaratilgan sözlarni aytayotganiga qaramay, Vaşingtonda hozirça mavjud ikki tomonlama munosabatlarni uziş böyiça "Filippin hukumatidan bu borada aniq bayonotlarni eşitişmagan". Bundan taşqari, Dutertening sözlarini "uning hukumatidagi boşqa yuqori lavozimli mulozimlar yumşatişgan".
Şu munosabat bilan Manilaga taşrif buyurayotgan AQŞ Davlat kotibining Şarqiy Osiyo va Tinç okeani mintaqasi işlari böyiça örinbosari Deniyel Rassel, ikki tomonlama munosabatlarda vujudga kelayotgan vaziyatni Filippin rahbarlari bilan muhokama qilişni rejalaştirgan.
Joşua Ernest, şuningdek, AQŞ Filippin bilan mavjud "alyans doirasida öz majburiyatlarini" bajaradi. "Biz Filippin davlati ham şunday yöl tutişini kutib qolamiz", - deya qöşimça qilgan Oq uy matbuot kotibi.
Vaşington va Manila 1951 yilda özaro mudofaa töğrisidagi bitimni imzolagan.
Avval xabar berganimizdek, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoyga taşrifi çoğida uning mamlakati AQŞ bilan «xayrlaşadigan vaqt» kelganini qayd etgan edi.
Duterte rasmiy Manilaning Ğarb körsatmasiga monand taşqi siyosiy yönalişidan «böğzigaça töygani» bois, uni özgartiriş niyatida ekanini ta'kidlagan edi. U şuningdek, AQŞga boşqa bormasligini, çunki «u yerda faqat haqoratlanişi»ni bilişini aytgandi. Söngra, sökonğiç Duterte Obamani yana bir bor siylab «fohişaning öğli» deb atagandi.
Şundan söng, AQŞ Davlat departamenti Filippin prezidentining munosabatlarni uziş töğrisidagi bayonoti nimani anglatişi yuzasidan izoh talab qilişini bildirgandi.












