Özbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida"gi qaroriga şarh berildi.
Keyingi yillarda respublikada qişloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini yaxşilaş, namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joylar quriş hisobiga qişloq aholisining hayoti darajasi va sifatini oşiriş, qişloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obektlarini jadal rivojlantiriş böyiça kölamli işlar amalga oşirildi. Faqat 2009-2016 yillarda qişloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 million 573 ming kvadrat metr bölgan 69 557 ta şinam uy-joy qurildi. Qişloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yaşaş şaroiti yaxşilandi.
Şu bilan birga, örganiş yakunlari aholining real ehtiyojlarini va xarid qobiliyatini, şuningdek milliy mentalitetni va qişloq joylarda yaşaş şaroitlarini töliq hisobga oluvçi qurilişning yuqori samaradorligini ta'minlaydigan prinsipial jihatdan yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş zarurligini körsatdi.
Qişloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga bölgan ösib borayotgan ehtiyoji imtiyozli kredit berişning yuqori darajadagi şartlarini joriy etişni, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanişni yanada kengaytirişni, şuningdek barpo etilayotgan uylarning tannarxini pasaytirişni talab qilmoqda.
Uşbu muhim vazifalar hisobga olingan holda qabul qilingan qaror qişloq aholisining keng qatlamlari uçun zamonaviy va şinam uylardan foydalaniş darajasini tubdan oşirişga, yer resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaşga va qişloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilişini yanada rivojlantirişga yönaltirilgan.
Qaror töplangan tajribani örganişni hisobga olib qişloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilişiga yangiça yondaşuvni mustahkamlaydi. Qarorda beş yillik davrga möljallangan qişloq joylarda arzon uylar qurişning kölamli Dasturini amalga oşiriş nazarda tutilgan. Dasturga asos qilib olingan yangilangan namunaviy loyihalar qişloq aholisining yuqorida körsatib ötilgan talablari va ehtiyojlarini töliq hisobga oladi, çunki ularning fikrlari va istak-xohişlari hisobga olinib işlab çiqilgan.
Dasturda qişloq joylarda narx parametrlari va şinamliligiga köra yakka tartibdagi uy-joylar namunalarining uçta eng arzon turlarini qöşimça ravişda barpo etiş nazarda tutiladi.
Jumladan, birinçi turi böyiça uç yoki tört yölakli, xöjalik imoratlari va obod hovlilari bölgan ikki va uç qavatli köp kvartirali uylar barpo etişni nazarda tutadi. Misol uçun bunday uylarda umumiy maydoni 42,4 kvadrat metr va taxminiy qiymati 72,5 million söm, xöjalik imoratlari hisobga olingan holda 85,0 million söm bölgan ikki xonali kvartiralar quriş rejalaştirilmoqda.












