Özbekistonda faoliyat yurituvçi aloqa operatorlariga aholiga körsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxşilaş vazifasi topşirildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligida bölib ötgan majlisda, telekommunikatsiya operatorlari rahbarlari e'tibori bu sohadagi xizmatlar sifatini yaxşilaş muammosiga qaratildi, deya yozmoqda uzdaily.uz.
Unda, mobil internet va mobil aloqa sifatini doimiy ravişda nazorat qiliş zarurligi uqdirilgan.
Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi nazoratni amalga oşiruvçi davlat inspeksiyasiga körsatilayotgan aloqa xizmati sifatini aniqlaşning yangi, zamonaviy usullarini qisqa muddatda işlab çiqiş vazifasi topşirildi.
Şu bilan birga, mijozlarga xizmat körsatuvçi axborot markazlari xodimlarining murojaatlar va arizalar böyiça xizmat körsatiş böyiça professionalligini oşiriş lozimligi ta'kidlangan.












