Özbekistonda rasmiy taksi bozori aylanmasi yilning dastlabki 7 oyida 5 trln sömdan oşdi, deya xabar berdi Davlat soliq qömitasi.

2025 yilning yanvar-iyul oylarida 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Uşbu davrda jami 262,2 mln marta yölovçi taşiş amalga oşirilgan. 5 trln sömlik aylanmaning 3,6 trln sömi yoki 72,2 foizi naqd tölovlar, 1,4 trln söm yoki 27,8 foizi naqdsiz tölovlarga töğri keladi.

Örtaça bitta çek 19 ming 77 sömni taşkil etdi (2024 yilda 18 456 söm). Agregatorlar orqali yölovçi taşiş bilan 457,3 mingga yaqin özini özi band qilgan haydovçilar şuğullanmoqda.

Haydovçilarning 56,3 foizini 30−50 yoşdagi şaxslar (257 629 kişi) taşkil etadi. 30 yoşgaça bölganlar 36,3 foizni (166 207 kişi), 50 yoşdan kattalar esa 7,3 foizni (33 477 kişi) taşkil qilgan. Agregatorlar orqali 3 480 nafar ayol faoliyat yurityapti.

7 oy davomida taksi xizmati körsatgan 1,8 ming haydovçi 100 mln sömdan ortiq daromad oldi:

  • 50−100 mln söm — 19,1 ming haydovçi;
  • 10−50 mln söm — 113,7 ming haydovçi;
  • 5−10 mln söm — 59,4 ming haydovçi;
  • 1−5 mln söm — 122,8 ming haydovçi;
  • 1 mln sömgaça — 140,2 ming haydovçi.

Eng köp foydalanilayotgan avtomobillar:

  • Cobalt — 23,5 foiz;
  • Nexia — 21,5 foiz;
  • Lacetti — 16,9 foiz.

Elektromobillarning uluşi 1,8 foizni taşkil etgan.

Avtomobillarning yoşi (işlab çiqarilgan yiliga asoslangan):

  • 1 yilgaça — 2,1 foiz;
  • 1−3 yil — 16,4 foiz;
  • 3−5 yil — 42,5 foiz;
  • 5−10 yil — 11,3 foiz;
  • 10 yildan ortiq — 27,7 foiz.

7 oy davomida agregatorlar tomonidan 98,8 mlrd söm soliq tölangan bölib, şundan 55,4 mlrd sömi qöşilgan qiymat soliği (QQS)ni taşkil etadi.