Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yil yanvar oyida mamlakatda xizmatlar bozori hajmi 80,5 trln sömga yetgan.
Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida qayd etildi — 32,3 trln söm. Bu esa umumiy xizmatlar bozorining qariyb 40 foizini taşkil qiladi.
Şuningdek, Samarqand viloyatida 5,9 trln söm, Farğona viloyatida 5,3 trln söm, Toşkent viloyatida 5,2 trln sömlik xizmatlar körsatilgan.
Qolgan hududlarda körsatkiçlar quyidagiça: Namangan viloyati — 4,1 trln söm, Andijon va Qaşqadaryo viloyatlari — 3,9 trln sömdan, Buxoro viloyati — 3,1 trln söm, Xorazm viloyati — 2,7 trln söm, Surxondaryo viloyati — 2,6 trln söm, Qoraqalpoğiston Respublikasi — 2,5 trln söm, Navoiy viloyati — 1,9 trln söm, Jizzax viloyati — 1,7 trln söm hamda Sirdaryo viloyati — 1 trln sömni taşkil etgan.
Xizmatlar sohasidagi yuqori uluş poytaxtda iqtisodiy faollik, infratuzilmaning rivojlanganligi va aholi ziçligi bilan izohlanadi.













