AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Reuters agentligiga intervyu berdi. U suhbat davomida AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obamaga nisbatan tergov olib boriş taklifini ilgari surdi. Trampning fikriça, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning xususiy elektron yozişmalariga oid iş böyiça şunday çora qöllaş lozim.
«Mana nima uçun Obama Klintonni şunçalik qöllab-quvvatlayapti. U bu işga aralaşib qolişni xohlamayapti. U Klinton xonimning xususiy poçta serveridan foydalanişini bilgan. Şu sabab, unga nisbatan tergov boşlaş kerak», — degan respublikaçilar nomzodi.
Agentlikning aniqlik kiritişiça, Oq uy hozirça, milliarder tadbirkorning sözlariga javob bermagan.












