Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rayhon Ğaniyeva bilan 29 oktabr kuni nikoh töyi bölişi aytilgan boşlovçi Farhod Alimov uşbu xabarlar yuzasidan izoh berdi.
U MyDay naşri savollariga javob beriş asnosida Rayhon Ğaniyeva bilan munosabatlariga oydinlik kiritgan.
Qayd etiş joizki, Rayhon va Farhod Alimov birinçi turmuşlaridan ajraşgan. Suhbatda boşlovçi bunga alohida e'tibor qaratib, birinçi nikohidan ajraşganlini ta'kidlab ötgan. U Rayhon bilan munosabatlarini inkor etmadi. Biror bir qarorga kelganliklarida va aniq sana, barça töy bilan boğliq bölgan tafsilotlar haqida OAVga ma'lumot berişni va'da qilgan.
«Ha, biz Rayhon bilan uçraşmoqdamiz. Ammo hali töy haqida biror bir qarorga kelganimiz yöq. Nikohimiz va töyimiz 29 oktabr kuni bölmaydi. Sana aniq emas. Şu kuni men, Yakkasaroy töyxonasida xizmatda bölaman. Ijtimoiy tarmoqlardagi omma yozayotgan bir narsaga aniqlik kiritmoqçiman, men va Rayhon ham ajraşganmiz. Nikoh, barçasi oktabrda emas, noyabrda, balki dekabrda ham bölişi mumkin», degan u.
Eslatib ötamiz, xonanda Rayhon 2012 yilning 16 noyabrida aktyor Yigitali Mamadjonovga turmuşga çiqqan edi. Bu juftlik 2015 yilning yanvarida ajraşgan.











