Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mamlakat armiyasi Halab uçun böladigan janglarda iştirok etmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Turkiya rahbarining sözlariga köra, Suriyada harbiy operatsiya olib boradigan mamlakat qurolli kuçlari Manbij va Al-Bob şaharlarini ozod etiş uçun yönaltiriladi. Bularning Halabga heç qanday aloqasi yöq.

«Biz terrorizm uçun birgalikda kuraşişimiz kerak. Ammo Halabning taqdiri uning aholisi zimmasida qoladi», — dedi Erdöğan.

Agentlikning ma'lum qilişiça, Turkiya prezidentining sözlari Suriya prezidenti Başar Asadning rasmiy Anqara Halabning şimoli va şarqidagi har qanday harakati borasidagi ogohlantirişidan söng aytilgan.