Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan boshlab Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi poyezdning harakatlanish vaqti o‘zgaradi
1 noyabrdan ayrim yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish vaqtlariga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ saytida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, quyidagi yo‘nalishlardagi poyezdlarning harakatlanish vaqtiga o‘zgartirish kiritiladi:
1). Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi 60/59-sonli poyezd: Toshkentdan jo‘nash 08-05da, Andijonga kelish 13-35da va Andijondan jo‘nash 15-50da, Toshkentga kelish 21-20da.
2). Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi 62/61-sonli poyezd: Toshkentdan jo‘nash 17-20da, Andijonga kelish 22-50da va Andijondan jo‘nash 06-20da, Toshkentga kelish 12-04da.
3). Andijon-Buxoro yo‘nalishidagi 392-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash 14-20da, Toshkentga kelish 20-44da.
4). Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 91/92-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash 22-15da, Toshkentga kelish 05-16da va Toshkentdan jo‘nash 06-40da, Andijonga kelish 12-55da.
Shaharlararo poyezdlarda:
1.) To‘qimachi-Angren yo‘nalishidagi 6308-sonli poyezd: To‘qimachidan jo‘nash 18-00da va Angrenga kelish 21-56da.
2). Angren-To‘qimachi yo‘nalishidagi 6309-sonli poyezd: Angrendan jo‘nash 06-03da va To‘qimachiga kelish 09-48da.
3). Andijon-Qo‘qon yo‘nalishidagi 6309-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash 04-30da va Qo‘qonga kelish 07-39da.
4). Qo‘qon-Andijon yo‘nalishidagi 6310-sonli poyezd: Qo‘qondan jo‘nash 14-20da va Andijonga kelish 17-58da.
Shuningdek, 7, 8, 9, 10, 14, 15, 16, 17, 21, 22, 23, 24 noyabr kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishidagi 760/759-sonli "Afrosiyob" poyezdi o‘rniga 2/1-sonli tezyurar poyezd harakatlanishi davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 60/59 sonli Toshkent-Andijon-Toshkent "O‘zbekiston" yo‘lovchi poyezdi harakati 2016 yil 5 sentabrdan boshlab yo‘lga qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 22.06.2026