Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev qator davlatlar elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qiliş marosimi çoğida Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanişiga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqda Qirğiziston prezidentining saytida xabar berilgan.

26 oktabr kuni qöşni davlat rahbari va Şavkat Mirziyoyev örtasida telefon muloqoti ötkazilgani haqida xabar berilgandi. Muloqot çoğida tomonlar ikki davlat örtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqboli masalalarini muhokama qilgan.

"Xalq men deyarli 10 yildan buyon biladigan va tanişdan ham yaqinroq bölgan Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni Özbekiston Prezidenti sifatida tanlaydi, deb umid qilaman. U yoki bu sabablar bilan töxtab qolgan köplab loyihalarni Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston manfaatlari yölida amalga oşiriş vaqti keldi deb öylayman. Xususan, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston yönalişidagi yöl qurilişi", — degan Atambayev.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidenti saylovida Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzodini körsatgan. Saylovda 4 partiya vakillari prezidentlik uçun kuraşadi.