Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildiki, u xudoga boşqa sökinmaslikka va'da bergan.

Yaponiyadagi 3 kunlik taşrifdan söng öz ona şahri Davaoga kelgan Duterte samolyotdaligida xudo bilan "gaplaşganini" aytgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Uning sözlariga köra, samolyotning barça yölovçilari uxlab yotganida u "öziga gapirayotgan Xudoning ovozini eşitgan.

Unga eşitilgan ovoz agar u sökinişni bas qilmasa, samolyotni qulatişini aytgan. Natijada u Xudoga bundan keyin sökiniş va haqoratlaş sözlarini işlatmaslikka va'da qilgan.

Davaoda Duterte aytdiki, Xudoga bergan va'dasi filippinliklarga bergan va'dasi örniga ötadi.

Filippin prezidenti mojaroli çiqişlari bilan ma'lum. Avvaliga u prezident Barak Obamani "fohişaning bolasi" degandi. Şundan söng, Obama Duterte bilan uçraşişdan boş tortdi. 

Duterteda BMT ekspertlari bilan ham ziddiyat yuzaga kelgan. Ular prezidentni Filippinda giyohvandlikka qarşi kuraş kampaniyasini ommaviy qotilliklarga aylantirib yuborganlikda ayblaşgan. Bunga javoban Duterte ularni "ahmoqlar" deb atadi va Filippinning BMTdan çiqişi bilan tahdid qildi.

Duterte özini Gitler bilan ham tenglaştirdi. Uning bu çiqişi Germaniyada qattiq qoralandi.

Duterte kampaniyasi davomida 4 mingga yaqin kişini öldirgan bölsada Filippin xalqi orasida katta nufuzga ega bölib qolmoqda.