Özbekiston Respublikasi Dori vositalari va tabbiy vositalar sifatini nazorat qiliş Boş Boşqarmasida mamlakatimizda ön beş yildan buyon faoliyat körsatayotgan «Nobel Pharmsanoat» kompaniyasiga GMP standarti sertfikatini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Bugun Özbekistonda 2000 dan ziyod nomdagi dori-darmon va tibbiy vositalar işlab çiqaruvçi 119 ta korxona samarali faoliyat körsatmoqda.
«Nobel Pharmsanoat» 2012 yilda ISO 9001:2008, 2014 yilda esa ISO 22000:2005 xalqaro sifat sertifikatlariga ega bölgan edi. Texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilişga yönaltirilgan investitsiya loyihalari doirasida Turkiya, Koreya, Hindiston, AQŞ, Germaniya, Xitoy, Şveytsariya, Angliya, Italiya va Yaponiyada işlab çiqarilgan yangi işlab çiqariş va laboratoriya uskunalari örnatildi. Mahsulot turi va hajmini oşiriş maqsadida Toşkent şahrining Qorasuv mavzesida tayyor dori mahsulotlari işlab çiqarişga möljallangan yangi bino jihozlanib, foydalanişga topşirildi. Şuningdek, xalqaro standartlarga töla javob beradigan yangi zamonaviy farmatsevtika fabrikasi qurilişi nihoyasiga yetmoqda. Özbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 13,5 million AQŞ dollariga teng bölib, uşbu fabrika işga tuşgaç, kompaniya yiliga 20 million quti import örnini bosuvçi va eksportga yönaltirilgan yuqori sifatli dori-darmon mahsulotlari işlab çiqariş imkoniyatiga ega böladi.
Suratda: «PHARMASTANDARDS» sifat menejmentini sertifikatlaş organi rahbari, ekspert-auditor A. F. Dösmatov hamda «NOBEL PHARMSANOAT» kompaniyasi Boş direktori K. J. Çetin.











