Amazon kompaniyasi boş direktori Jyeff Bezos kompaniyaning 2016 yil 3-çorakdagi daromadi tahlilçilar taxmin qilganidan kamroq bölgani sababli bir soat içida 3,2 mlrd dollar yöqotdi. Bu haqda Forbes jurnali xabar bermoqda. 

Forbes talqini böyiça 400 nafar eng boy amerikalik reytingida 2-örinni egallayotgan tadbirkor 27 oktabr ertalab 70,7 mlrd dollar sohibi bölgan edi. May oyi ma'lumotlariga köra, tadbirkor kompaniyaning 17 foiz aksiyasiga ega edi.  

Kompaniya hisoboti çop etilgandan keyinoq Amazon aksiyalari narxi 5,7 foizga, ya'ni  818,4 dollardan 782,1 dollarga tuşib ketdi va savdolar yakunlangandan 45 daqiqa keyin Bezos davlati 67,5 mlrd dollargaça kamayib ketdi.

Biroq şu bilan birga bugungi kundagi ma'lumotlarga köra, joriy yil Bezos uçun rekordli böldi: uning davlati 20 mlrd dollarga köpaygan. Joriy yilning 1-yarmida kompaniyaning sof daromadi 1,37 mlrd dollarni taşkil qilgan va 2015 yildagi şu körsatkiçdan 39 marta köproq bölgan.

Bezos sarmoyaçi Uorren Baffettni ortda qoldirib, 2016 yil oktabrda eng boy amerikaliklar röyxatining 2-örnini egalladi.

Amazon kompaniyasi 1994 yilda yaratilgan. Internet orqali mahsulot va xizmatlar sotuvçi eng yirik kompaniya hisoblanadi.