Dinimiz irimdan qaytaradi. Safar oyida safarga çiqib yoki töy qilib yoki köç kötarib bölmaydi, degan gaplar irimdir. Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kasallikning yuqişi yöqdir. Irim qiliş yöqdir, ruhlarning quşga aylanişi yöqdir, uruş man qilingan oyni keyinga suriş yöqdir”, deganlar. Bu haqda Mehrob.uz yozmoqda.
 
Kişi Allohning irodasi bilan kasal böladi. Darhaqiqat, biz har xil kasalliklardan ehtiyot bölib yurgan köplab odamlarning kasal bölganini, doimo kasallar orasida aralaşib yuradigan kişining (masalan, döxtirning) mutlaqo kasal bölmasligini kuzatişimiz mumkin.

Johiliyat davrida arablar biron iş qiladigan bölsa, avval quş uçirib körişardi. Quş öng tomonga uçsa, öşa iş yaxşi böladi, deb uni qilişar, agar quş çap tomonga uçsa, irim qilib, bu işda yaxşilik yöq ekan, deb tark etişar, agar quş töğriga uçsa, boşqatdan uçirib körişar edi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam barça irimlar tavhidga zid deb e'lon etdilar.

Islomdan avval biron-bir kişi öldirilsa, uning ruhi quşga aylanib uçib yuradi, toki uning qasosi olinmaguniça u ruh azobda böladi, degan notöğri tuşunça bor edi va juda köp uruş-janjal, öldiriş, qon tökiş mana şu notöğri aqida natijasida yuz berar edi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni butunlay inkor qildilar. Bizning diyorlarda ham ruh kapalak bölib yo boşqa holatda xonadonga kelib turadi, payşanba kuni dasturxonlar tepasida hozir böladi, degan tasavvur yoyilgan. Bu qaraş ham butunlay notöğridir.

Anas ibn Molikdan roziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Kasallikning yuqişi yöqdir. Irim yöqdir. Men falni yaxşi köraman”. Şunda sahobalar: “Fal nima?” deb söraşdi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Yaxşi söz”, deb javob berdilar.

Masalan, bir bemorni körişga bordingiz. Ahvoli oğir. Uning holi ertaga nima bölişini bilmaysiz. Yaşab ketadimi, jon topşiradimi – qoronği. Lekin siz unga baribir “Xudo xohlasa, tuzalib ketasiz”, deysiz. Ana şu fal degani. Ya'ni, bemorni körişga borilsa, yaxşi umidda: “Siz tuzalib ketasiz”, deb köngli kötariladi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam şuni yaxşi körganlar.

Biz nima uçun irim qilamiz? Biron-bir xatarning göyo oldini oliş uçun şunday qilamiz. Göyo şu oyda bir baloga uçramay deb töy yoki safar qilmaslik bilan yomonlikdan özimizni himoyalamoqçi bölamiz. Lekin bilmaymizki, bu işimiz bilan yomonlikning ustida turibmiz. Buning misoli bir oyoğini olovdan saqlab, ikkinçi oyoğini olovga taşlaşday gap. Kişi irim qilib öz boşiga bir yomonlikni olib kelişi mumkin. Irim qilişdan, uning yomon oqibatlaridan qörqişimiz kerak.