Keça Toşkent islom instituti asosiy binosida “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi taşabbusi bilan talabalar örtasida “Najotga şoşilaylik” şiori ostida azon aytiş musobaqasi taşkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: islaminstitut.uz

Talabalarni azonning tarixi hamda uning talaffuzi, tarannumi,  fiqhiy qoidalarini özlaştirişga qiziqişlarini orttiriş, şuningdek, azonni mahorat bilan aytiş malakasini hosil qiliş maqsadida taşkil qilingan uşbu tanlov ikki şart asosida ötkazildi.

Birinçi şart azonni mahorat bilan aytib beriş. Xakamlar  hay'ati uşbu şartda iştirokçilarning ovoz, tarannum va töğri talaffuz me'yorlarini baholab bordilar.

Foto: islaminstitut.uz

Ikkinçi şartda esa qatnaşçilarning azonga doir fiqhiy bilimlari sinovdan ötkazildi.

Foto: islaminstitut.uz

Umumiy natijalarga köra, Abdulahad Mavlanov (1-örin), Muhammad Mardanov (2-örin),   Muhammad Sodiq Ziyouddinov (3-örin) ğolib, deb topildi. 
Musobaqa iştirokçilari va ğoliblari Vaqf xayriya jamoat fondining sovğalari bilan taqdirlandi.

Jumladan, tanlov ğoliblarining egallagan örniga qarab tölov-şartnoma mablağlarining 1 000 000 söm, 500 000 söm va 300 000 miqdori tölab beriladigan böldi.