Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy va xorijiy OAV vakillari uçun videkonferentsaloqa şaklida brifing ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov tadbir iştirokçilarini Markaziy saylov komissiyasi qarorlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borişi haqida xabardor qildi.

Avval ma'lum qilinganidek, Markaziy saylov komissiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni röyxatga oldi. «Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida»gi Qonunning 28-moddasiga asosan, saylovoldi taşviqoti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar röyxatga olingan kundan boşlanadi.

Qonunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda teng foydalaniş huquqi beriladi va ta'minlanadi.

Xususan, siyosiy partiyalardan kelib tuşgan taklif va istaklarini inobatga olib, har bir nomzodga öz saylovoldi dasturlarini aholiga yetkaziş uçun Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Özbekiston» va «Yoşlar» tele -va radiokanallarida 638 daqiqadan, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 12 ta hududiy telekanallarida 206 daqiqa, «Toşkent» teleradiokanalida 286 daqiqadan bepul efir vaqti ajratiladi.

«Xalq sözi», «Narodnoye slovo» va «Pravda Vostoka» gazetalarida 6 sahifadan, «Nurli jol» va «Ovozi tojik» gazetalarida 5 sahifadan iborat naşr maydoni bepul beriladi. Bundan taşqari, hududlardagi 30 ta mahalliy gazetada har bir nomzod uçun 55,5 sahifa naşr maydoni bepul taqdim qilinadi.

Şuningdek, nomzodlarning har biri respublika böyiça 642 tadan taşqi reklama vositasi, ya'ni, maxsus konstruksiyalar, ekranlar, billbordlardan öz dasturiy ğoya va maqsadlarini tarğib qilişda foydalanadi. Şuningdek, respublikaning 36 ta elektron monitorida ham nomzodlarning taşviqot roliklari bepul joylaştiriş imkoniyati yaratiladi.

Saylov tajribasida birinçi marta «Ovozi tojik», «Nurli jol» gazetalari naşr maydonlaridan ham nomzodlar taşviqoti uçun foydalanişga qaror qilindi. Bu mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining nomzodlar saylovoldi dasturlari qoidalari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Saylovoldi taşviqoti davrida teng şart-şaroitlar yaratiş tamoyili partiya naşrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ular tegişli materiallarni istalgan hajmda çop etişlari mumkin.

Brifingda saylov kampaniyasining oçiqligi va oşkoraligini ta'minlaş, OAVning Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga taalluqli axborotlardan foydalanişi uçun barça şaroitlar yaratişga alohida e'tibor qaratilayotganligi ta'kidlandi. Hozirga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy va xorijiy OAVning 500 dan ortiq vakili, okrug saylov komissiyalari tomonidan qariyb 560 nafar mahalliy jurnalist akkreditatsiyadan ötkazildi.