Dunyoning eng keksa şaxmatçisi Samuil Juxovitskiy 100 yoşida Rostov viloyatidagi Novoçerkasskda hayotdan köz yumdi. Bu haqida 30 oktabr, yakşanba kuni xalqaro grossmeyster Vasiliy Papin xabar berdi, uning sözlarini "Rossiyskaya gazeta" naşri yetkazdi.
"Afsonaviy şaxmatçi va hayotda oddiy inson dunyodan köz yumdi. U özining navbatdagi yubileyidan biroz avval vafot etdi. Samuil Juxovitskiy töliq bir asr yaşadi - u inqiloblar, uruşlar, çor hukumat, sotsializm va kapitalizm guvohi böldi", - dedi Papin.
Uning sözlariga köra, sönggi yillarda Juxovitskiy turnirlarda iştirok etmagan, lekin "şaxmat hayotini kuzatib borgan".
Juxovitskiy 1916 yilning 12 dekabrida Odessada tavallud topgan. U 10 yoşidan şaxmat bilan şuğullana boşladi, 1940 yilda SSSR sport ustasi, 1967 yilda esa - xalqaro tasnifdagi sport ustasi deya e'tirof etildi. Juxovitskiy — Uluğ Vatan uruşi iştirokçisi.
U şaxmat taxtasi ustida köplab jahon çempionlari - Vasiliy Smyslov, Mixail Tal, Mixail Botvinnik, Tigran Petrosyan bilan uçraşgan.












