AQŞ mudofaa vazirligi öz yakuniga yetgan joriy moliya yilida harbiy razvedkaga sarflagan xarajatlari haqidagi ma'lumotni çop etdi. Ma'lumotga köra, harbiy razvedkaning barça ehtiyojlari uçun 17,7 mlrd dollar ajratilgan.

Gap ötgan yilning 1 oktabridan joriy yilning 30 sentabrgaça bölgan davr haqida ketmoqda.  

Xarajatlar "kutilmagan vaziyatlarda" xorijiy operatsiyalarni moliyalaştirişni ham öz içiga olgan.  

Pentagonda bu ma'lumotlar harbiy razvedka faoliyatiga xavf solmasligi sababli çop etilgani aytildi.

Biroq harbiy razvedka byudjyetiga taalluqli boşqa ma'lumotlar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan çop etilmaydi. 

Avvalroq AQŞ milliy razvedkasi ma'muriyati 2017 yil uçun AQŞ razvedka xizmatlari ehtiyojlariga 53,5 mlrd dollar söragani ma'lum qilingandi. 

Ma'lum qilinişiça, 2017 yilda harbiy razvedkaga 16,8 mlrd dollar ajratiş rejalaştirilgan.