AQŞda harbiy dengiz kuçlarining (HDK) "Illinoys" atom suv osti kemasini ekspluatatsiyaga kiritiş marosimi bölib ötdi. Bu haqida UPI naşri xabar berdi. Manbada körsatilişiça, kema qurilişi beş yil davom etgan, suv osti kemasining bahosi 2,7 milliard dollarni taşkil qilgan. Suv osti kemalarining bunday turi qirğoq operatsiyalari va çuqurlikdagi harbiy harakatlarga qarşilik körsatişga möljallangan. Ekspluatatsiyaga kiritiş marosimida mamlakatning birinçi raqamli xonimi Mişel Obama iştirok etdi.


















