Italiyaning markaziy qismida yakşanba kuni kuzatilgan 6,5 mag­ni­tu­dali yer qimirlaşi 1980 yildan beri eng kuçli zilzilaga aylandi. Bu haqda Italiya boş vaziri Mat­teo Rentsi xabar qilmoqda.

Favqulodda taşkil etilgan matbuot anjumanida u quyidagilarni aytib ötdi: «1980 yildan beri sodir bölgan eng qattiq zilziladir. U bir neça kun avval va avgustda kuzatilgan, hattoki, 2012 yil Emi­liya-Ro­ma­nya, 2009 yil Ak­vi­ldagi va 1997 yil Um­briyadagi zilziladan ham kuçliroqdir».

Foto: Twitter.com/ofirzarfatinews

Hukumat halok bölgan insonlar yöqligi haqida ma'lum qildi. Duşanba kuni zarur çoralarni qabul qiliş uçun Italiya Vazirlar kengaşi yiğilişi bölib ötadi. Vazir barça vayron bölgan yerlar, jumladan, uy va çerkovlarni qayta tiklaşga va'da berdi.

Foto: Twitter.com/ofirzarfatinews

Geofizika va vulqonçilik milliy instituti (Ingv) ma'lumotiga köra, 6,5 magnitudali zilzila soat 07.41da qayd etilgan, uning epi­sentri Norça şahri örtasida bölgan. Uning ketidan 20 daqiqa içida ikkita 4,6 va 4,1 magnitudali yer osti silkinişlari sodir bölgan. 

Foto: Twitter.com/ofirzarfatinews

Yer yuzasidagi silkinişlar butun Italiya böylab, jumladan Rim va boşqa yirik şaharlarda ham yaqqol sezilgan. Italiya fuqarolar mudofaasi xizmati qayd etişiça, tabiiy ofatlar oqibatida 20 kişi halok bölgan.