31 oktabrga ötar keçasi Italiyaning markaziy qismida yana 3 marta yer silkinişi röy berdi. Bu haqda Yevropa-Örta yer seysmologiya markazi ma'lum qilgan.
Mahalliy manbalar ma'lumotlariga köra, mahalliy vaqt bilan soat 4:27da 4,2 ball kuç bilan qayd etilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, bu zilzilalar oqibatida halok bölganlar yöq.
30 oktabr kuni Italiyaning markaziy qismida kuçli zilzila sodir böldi.
Dastavval AQŞ Geologiya xizmati zilzila magnitudasi 7,1 ni taşkil etganini xabar qilgan edi. Ammo keyinroq EFE agentligi Italiya geofizika va vulqonşunoslik milliy institutiga tayangan holda ofat 6,1 magnitudali bölganini yozdi. Yevropa–Örta Yer dengizi seysmologiya markazi, öz navbatida, 6,6 sonini keltirdi.
Tabiiy ofat episentri 10 kilometr yer ostidan ötgan. Silkinişlar Rim va Florentsiyada sezildi.
Italiya Milliy geofizika va vulqonşunoslik instituti mutaxassislarining ta'kidlaşiça, Apennin yarim oroli göyoki Adriatika va Terrin dengizlari qirğoqlari böylab kengayib bormoqda, ayni vaqtda Alp toğlarining ösişiga sabab bölmoqda.
Zilzilalar hududidagi seysmik faollik davom etmoqda, xabar berişlariça, magnitudasi 4,0 dan yuqori bölgan yerosti silkinişlari tez-tez sodir bölmoqda.












