Saudiya Arabistoni huquq-tartibot muassasalari jangarilar tomonidan uyuştirilmoqçi bölgan ikkita teraktni bartaraf etişdi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press axborot agentligi. 

Politsiyaçilar Jiddada Saudiya Arabistoni va BAA terma jamoalari örtasidagi futbol uçraşuvi vaqtida terakt uyuştirişda gumon qilingan Pokistonning ikki fuqarosi, suriyalik va sudanlikni qölga olişdi. Jangarilar stadion yonida minalaştirilgan avtomobilni portlatmoqçi bölgan. Jangarilar IŞID bilan boğliqligi yoki yöqligi ma'lum qilinmagan.   

Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuçlari şuningdek politsiyaçilarga hujum uyuştirişda gumon qilingan 4 nafar saudiyalikni hibsga oldi. Hammasi bölib bu jinoyatlarda 10 kişi gumon qilinmoqda, ulardan biri Bahrayn fuqarosi, qolganlari esa Saudiya Arabistoni fuqarolari. Taxminça, jangarilar IŞIDning Suriyadagi yetakçilaridan biridan körsatmalar olgan. 

Al-Katif şahrida politsiya patruli navbatçilik vaqtida öqqa tutilişi oqibatida bir politsiyaçi halok bölgan, yana biri yaralangan. Ötgan haftada ham qöşni Ad-Dammom şahrida 2 politsiyaçi otib ketilgandi, sentabrda esa yana ikki politsiyaçi noma'lum bosqinçilar tomonidan öldirilgandi. 

Huquq-tartibot muassasalari gumonlanuvçilarning şaxsini örnatgan va ularni taslim bölişga çaqirgan hamda bu odamlarga kömak körsatiş jinoiy tartibda jazolanişidan ogohlantirgan. Bundan taşqari, qirollik içki işlar vazirligi gumonlanuvçilardan birini qölga olişga olib keluvçi ma'lumot uçun bir million real (266 ming dollar) mukofot puli va'da qildi. Şuningdek, bir neça jinoyatçining uşlanişiga olib keladigan ma'lumot uçun 5 millon real (1,3 mln dollardan köproq), teraktni bartaraf etişga imkon beradigan ma'lumot uçun 7 mln real (1,8 million dollar) mukofot puli va'da qilindi.