2016 yilning eng yaxşi mobil ilovalari röyxati tuzib çiqildi. Time jurnali iOS va Android dasturlarida işlaşga möljallangan eng yaxşi mobil ilovalarni ma'lum qildi. Naşr hududlarga oid reyting tuziş örniga şunçaki röyxatning özini çop etib qöya qolgan. Time jurnaliga köra, ilovalarning har biri öziga xos vazifalarni bajargani bois, ularni taqqoslaş muşkul vazifa. 

Xususan, uşbu röyxatga pul ötkazişga ixtisoslaşgan Venmo ilovasi, xabarlarni yuboriş böyiça Messages ilovasi, Signal çat dasturi, Snapchat va WhatsApp messenjerlari, Pokémon Go va Super Stickman Golf 3 öyinlari, Spotify musiqiy xizmati kabilar kiritilgan.

Bundan taşqari, röyxatda suratlarni qayta işlaş imkonini beruvçi Prisma dasturi,  Google Translate tarjimoni, musiqiy videolar xostingi Vevo, Reddit yangiliklar saytining ijtimoiy tarmoği, Pocket ilovalari ham bor.