Seşanba, 1 noyabr kuni Xitoyning Çjuxay şahrida Xalqaro aviatsiya-kosmik körgazmasi Airshow China-2016 oçildi. 6 noyabrgaça davom etuvçi körgazmaning işçi dasturlarida mazkur turdagi texnikalarni işlab çiqaruvçilar va xaridorlar örtasida savdo şartnomalari imzolanişi kutilmoqda.
Körgazmada harbiy va fuqarolik aviatexnikasi, kosmik texnika va qurilmalar, aviauskunalar va qurollar, aviatsiya va raketa dvigatellari, aeroportlar uçun navigatsiya uskunalari kabi texnikalar namoyiş etiladi.
Taşkiliy qömitaning TASS agentligiga ma'lum qilişiça, aviasalonda 700dan ortiq kompaniya iştirok etmoqda. Ularning 45 foizi xorijiy mamlakatlar korxonalaridir. Ekspozitsiyalar 11ta pavilonda joylaştirilgan. Strategik maydonçada 150dan ortiq parvoz qiluvçi apparatlar namoyiş etilmoqda. Körgazma işini yoritiş maqsadida 315ta OAV röyxatdan ötgan.
Ma'lum qilinişiça, Rossiya mudofaa sanoati körgazmada 220dan ortiq turli mahsulotini xaridorlar e'tiboriga havola etadi. Körgazma mezboni Xitoy ham aviatsiya sohasidagi yangi mahsulotlari va yutuqlarini namoyiş etişga qaror qilgan.













