Yaponiyaning elektronika mahsulotlari işlab çiqaruvçi Sony (NYSE: Sony Corp Ord [SNE]) kompaniyasining 2016 moliya yili II çoragidagi sof daromadi keskin pasaygan. Kompaniya e'lon qilgan hisobotga köra, korporatsiya daromadi ötgan yilning şu davriga nisbatan 7 martaga kamayib, 4,8 mlrd iyen (45 mln dollar)ni taşkil etgan. 

Kompaniyaning savdo hajmi va amaliy tuşumi 10,8 foizga, 1,69 trln iyen (16,1 mlrd dollar)gaça kamaygan. Bunga Sony vakillarining sözlariga köra, birinçi navbatda valyutalar kursining özgarişi sabab bölgan. Bloomberg agentligi murojaat qilgan tahlilçilar kompaniya amaliy daromadini 49,7 mlrd iyen (474 mln dollar) atrofida bölişini prognoz qilişgan edi.

Şu munosabat bilan Sony joriy moliya yili uçun daromad prognozini qayta körib çiqqan. Kompaniya daromadlari kamayişi sabablaridan biri sifatida akkumulyatorlar işlab çiqariş bölimining sotilganini körsatgan.