AQŞning Baltimor şahrida maktab va şahar çetida qatnaydigan avtobuslar örtasida yöl transporti hodisasi sodir böldi. Avtohalokat oqibatida olti kişi halok böldi va ön nafarga yaqin kişi yaralandi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Politsiya avariya haqidagi ma'lumotni tasdiqladi va maktab avtobusida heç kim bölmaganligini qayd etdi. Boşida avtobus boşqa avtomobilga uriladi, söngra qabriston içiga kirib ketib, simyoğoçga borib uradi. Şundan söng ikkinçi avtobus paydo böladi.
Maktab avtobusi haydovçisi voqea joyida halok böldi. Uning ortida ötirgan yordamçi tirik qolgan.
Baltimor politsiyasi vakili Ti Jyey Smitning aytişiça, şahar çetida qatnovçi avtobus salonida bölgan 10 nafar kişi jarohatlangan va mahalliy şifoxonaga yotqizilgan. Politsiya vakilining gapiga köra, avtobus huddi portlatilgan holga kelib qolgan.
Ayni damda avariya joyida voqeaga oydinlik kiritiş maqsadida tergovçilar iş olib bormoqda. Şundan kelib çiqib ma'lum qilinişiça, asfaltda favqulodda töxtaş izlari körinmagan.












