Makgilla Universiteti psixologlari nima uçun ba'zi insonlar jonsiz buyumlarga şunçalik mehr qöyişlarining sababini aniqlaşdi. Ma'lum bölişiça, ular şu tariqa yolğizlik hissidan xalos bölişar ekan. Psychological Science jurnalida çop etilgan olimlarning xulosasi haqida Gizmodo naşri xabar berdi.
Tadqiqotçilar 178 nafar kişi iştirokida tajriba ötkazişdi. Unda yolğizlik hissi, separatsion bezovtalik (yaqinlardan uzoqlaşganda xavotirga tuşiş), muayyan bir ijtimoiy guruhga a'zo bölişga ehtiyoj seziş va öz-özini hurmat qiliş kabi psixologik körsatkiçlar baholandi. Şundan söng guruhlarning biridagi iştirokçilardan özlari uçun muhim ahamiyatga ega bölgan yaqin insonga xos bölgan olti xislatni sanab ötiş söraldi. Ikkinçi guruh iştirokçilaridan esa oddiy bir tanişini ta'riflaş söraldi.
Şundan söng tadqiqot qatnaşçilari tört qurilma tavsifini öqib berişdi. Psixologlar iştirokçilardan har bir gadjyetga ta'rif berişni söraşdi. Ma'lum bölişiça, özini yolğiz his qiluvçi kişilar gadjyetlarga ta'rif beriş davomida ularga nisbatan köpinça insoniy xislatlarni sanab ötişgan. Biroq jonsiz predmetlarni jonlantirişga moyillik köproq separatsion bezovtalik bilan boğliq bölgan.
Olimlar insonlarning şu yöl bilan munosabatlarga bölgan ehtiyojini qondirişini taxmin qilişmoqda. Şunday bölsa-da, bu yangi insonlar bilan aloqalarni yölga qöyişni ança qiyinlaştiradi.












