Özbekiston xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi jamoat joylarida kalyandan foydalanişni taqiqlaş taşabbusi bilan çiqdi.
Qömitaning iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş Boşqarmasining «Gazeta.uz» saytiga ma'lum qilişiça, garçi respublikada tamaki mahsulotlari iste'molini çeklovçi qonun talablari mavjud bölsa-da, kafe, bar, restoran va boşqa jamoat joylarda bunga rioya qilinmayapti.
Ayniqsa, kalyan iste'molining yoşlar orasida keng tarqalib borayotgani Qömitaning jiddiy taşvişiga sabab bölayapti. «Gazeta.uz» sayti suhbatlaşgan tibbiyot muassasasi xodimlarining ta'kidlaşlariça, kalyandan foydalanuvçilar orasida maktab, litsey va kollej öquvçilari ham köp uçraydi. Bunga, nazoratning kamligi barobarida, uning salomatlikka zarari haqida bilimning yöqligi ham öziga xos omil bölayapti.
Davlat raqobat qömitasiga köra, tegişli vazirlik va davlat idoralari yoşlarni kalyan va boşqa turdagi tamaki mahsulotlarining zarari borasida ogohlantiriş böyiça profilaktika va ta'lim işlarini yölga qöyişi kerak.
Bundan taşqari, alkogolli va tamaki mahsulotlarini tarqatiş va iste'molini çeklaşga doir qonunlar ijrosini ta'minlaş zarur. Şu bilan birga, kalyanni tayyorlaşda qöllaniladigan hid beruvçi, qöşimça va materiallarni mamlakatga olib kiriş va sotişni tartibga soliş taklif qilinmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, kalyan çekuvçilar katta miqdorda toksinlar va kanserogenlarni tortadi. Şu bilan birga, guruh bölib foydalanganda inson tupugi orqali turli kasalliklar yuqişi ehtimoli ham köpayadi.
Kalyan tutuni öpka saratoni, yurak xastaliklari va boşqa kasalliklarni keltirib çiqarişi mumkin.
Ma'lumotlarga köra, kalyanning örtaça dozasidan keyin peşob tarkibidagi nikotin miqdori 73 marta, kotinin 4 martaga ortadi. Öpka va oşqozonosti bezining saratoniga sabab böluvçi tamaki nitrozaminlari hissasi 2 marta oşadi. Şu bilan birga, saraton va nafas oliş kasalliklarini keltirib çiqaruvçi benzol va akrolein moddalari köpayadi.












