Janubiy Koreya Respublikasi davlat rahbari Pak Kin Xe, mamlakat Vazirlar mahkamasi raisligiga Kim Byon Junni tayinladi, deb xabar qilmoqda «Yonxap» agentligi. U bu lavozimda Xvan Gyo An örnini egallagan.
Bundan taşqari, moliyaviy xizmatlar komissiyasiga rahbarlik qilgan Im Jon Yun moliya vaziri bölgan. Jamoat xavfsizligi vaziri lavozimini Pak Sin Çju egallaydi.
Hukumatdagi özgarişlar, mamlakat prezidenti va uning dugonasi Tsoy Sun Sil aralaşib qolgan mojarolardan söng, jamoatçilikning bosimi tufayli amalga oşirilgan.
Bundan avval, Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe özining yetakçi yordamçilarining iste'fosini siyosiy mojaro sabab işdan olgani xabar qilingan edi. Bunga prezident dugonasining davlat işlariga aralaşgani borasidagi gumonlar mojaroni keltirib çiqargan, keyinçalik, Tsoy Sun Sil hibsga ham olingan edi.












