Birinçi liganing 35-turi doirasida Samarqandda «Yozyovon-Loçinlari» jamoasini qabul qilgan «Dinamo» jamoasi yirik hisobda ğalabaga erişib, oldinda yana 3ta öyin bölişiga qaramay, muddatdan oldin Oliy Ligaga qaytdi.
Uçraşuvning 15-daqiqasiga kelib jamoa va çempionat töpurarlaridan biri Amirjon Safarov hisobni oçişga erişdi - 1:0.
Goldan ruhlangan mezbonlar hujumkorlikni töxtatişmadi va oradan 8 daqiqa ötib, qanotdan yoşlar terma jamoasi a'zosi Saidjamol Davlatjonov tomonidan yetkazib berilgan töpni Viktor Klişin boş bilan raqib darvozasiga yölladi - 2:0.
Öyinning 32-daqiqasida esa raqibning kam sonli hujumlaridan biri himoyaçi Akmal Bozorovning kutilmaganda öz darvozasini işğol etib qöyişiga sabab böldi - 2:1.
Ikkinçi bölimda «Dinamo» boş murabbiyi Ilhom Şaripov bir qator özgarişlarga qöl urdi. 68-daqiqada Alişer Xoliqov burçakdan Omadjon Tayloqov tomonidan yetkazib berilgan töpni boş bilan «Yozyovon-Loçinlari» darvozasiga kiritib hisobni 3:1 körinişiga keltirdi.
83-daqiqada esa aynan Alişer Xoliqovning töp oşirişidan söng Mirkomil Lokayev tezkorligi evaziga tablodagi hisobni 4:1 ga yetkazib, samarqandlik muxlislarning bayramni boşlaşdi.
Aynan uşbu ğalabadan keyin «Dinamo» jamoasining turnir jadvalidagi oçkolari soni 78taga yetdi va Samarqand klubi eng yaqin ta'qibçisi bölmiş «Norin» jamoasini 6 oçkoga ortda qoldirmoqda. «Dinamo» sönggi turda «Tsementçi», qoldirilgan öyinlarda esa «Kosonsoy» va «Xotira-79» jamoalariga qarşi öyinlarda qanday hisoblar qayd etişidan qat'i nazar jamoa rasman Oliy liga yöllanmasiga ega çiqdi. Çunki yaqin ta'qibçi «Norin» hisobida ikkita öyin bor va raqib bu bahslarda ğalaba qozongan taqdirda ham özaro öyinlar böyiça ustunlik aynan «Dinamo»da sanaladi.
5 noyabr kuni «Dinamo» Samarqandda «Tsementçi» klubini qabul qiladi va aynan uşbu bahsdan keyin Samarqandda çempionatning yopiliş marosimi ötkaziladi.
Birinçi liga. 35-tur, 2 noyabr (çorşanba)
«Dinamo» - «Yozyovon-loçinlari» - 4:1
Samarqand, 2000 tomoşabin.
Boş hakam: Işoq Ibragimov (Nukus)
Gollar: Amirjon Safarov 15, Viktor Klişin 23, Alişer Xoliqov 68, Mirkomil Lokayev 83 – Akmal Bozorov (avt, 32).
«Dinamo»: Mixail Naumov, Akmal Bozorov, Aleksey Nikolayev, Mirkomil Lokayev, Firdavs Abdusalimov (Ubaydullo Nabiyev, 58), Iskandar Xolmirzayev (Jasur Azimov, 46), Omadjon Tayloqov (Komil Şarofutdinov, 78), Saidjamol Davlatjonov (Jonibek Köçimov, 56), Doston Ibragimov, Viktor Klişin (Alişer Xoliqov, 64), Amirjon Safarov.
«Yozyovon-Loçinlari»: A.Faxriddinov, Yo.Yoraliyev, U.Hoşimov, Z.Ismoilov, B.Abdumannonov, Ş. Abdurahmonov, B.Madrahimov, D. Xolmatov, B. Rasulov, J.Saidov, A.Fayzullayev.
Nazoratçi: A.Klepikov (Toşkent).












