Yevropa ligasi guruh bosqiçining 4-turidan örin olgan öyinda «Mançester Yunayted» Turkiyaga sayohat qilib, «Fenerbahçe» mehmoni böldi.
2-daqiqadayoq mezbonlar Sou darvozaga orqa qilib turgan holda zarba berib urgan gol evaziga oldinga çiqib olişdi. 59-daqiqada Lens jarima zarbasini aniq bajarib, hisobdagi farqni oşirdi.
Öyinning sönggi daqiqasida Runi gol urib, farqni qisqartirdi - 1:2.
Bu hisob öyin tugagunga qadar özgarmadi va «MYu» mağlubiyatga uçradi.
Guruhning boşqa bir uçraşuvida Ukrainaning «Zarya» jamoasi Niderlandiyaning «Feyyenoord» jamoasi bilan 1:1 hisobini qayd etdi. 15-daqiqada mehmonlar Nikolay Yorgensenning goli evaziga hisobni oçdi. Birinçi bölim oxirida mehmonlar bir kişi kam bölib qolişdi — Erik Fernando Bottegin ikkinçi sariq kartoçkani oldi. U işlatgan qöpollik tufayli «Zarya» penalti tepiş huquqiga ega böldi — nuqtaga yaqinlaşgan Rafael Forsterning zarbasini darvozabon qaytardi, ammo qaytgan töpga zarba beruvçining özi birinçi bölib kelib, uni törga joyladi.
A guruhida 4 tur öyinlaridan keyin quyidagi holat yuzaga kelgan: 1. «Fenerbahçe» — 7 oçko; 2. «Feyyenoord» — 7; 3. «Mançester Yunayted» — 6; 4. «Zarya» — 2.
Fenerbahçe (Turkiya) – Mançester Yunayted (Angliya) 2:1 (1:0)
Gollar: Sou (2), Lens (59) – Runi (89)
Fenerbahçe – Demirel, Ker, Kaldirim, Özbayrakli, Şkrtel, Souza, Topal, Lens, Potuk (Noyştedter, 82), Şen (Emenike, 68), Sou.
Mançester Yunayted – De Xea, Roxo, Şou, Darmian, Blind, Şnayderlin (Mata, 46), Errera, Pogba (Ibrahimoviç, 30), Marsyal, Runi, Reşford (Mxitaryan, 61).
Ogohlantirişlar: Şnayderlin (12), Errera (18), Demirel (43), Potuk (55), Şkrtel (71), Mata (73).












